GSM Nokia Remont sotvix
Пятница, 24.11.2017, 06:36
Bosh menyu.

Saytga kirish.

Qidiruv.

Taqvim.
«  Ноябрь 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Главная » 2014 » Ноябрь » 28 » Ucell 1-dekabrdan Toshkentda 4G tarmog‘ini ishga tushiradi
    16:38
    Ucell 1-dekabrdan Toshkentda 4G tarmog‘ini ishga tushiradi

    Ucell 1-dekabrdan Toshkentda 4G tarmog‘ini ishga tushiradi

    Ucell mobil aloqa operatori 2014-yil 1-dekabrdan boshlab Toshkent shahrida joylashgan barcha ofislarida 4G tarmog‘iga ulanish imkoniyatini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.

    Foto: megafan.biz

    Foto: megafan.biz

    Xabarda aytilishicha, 2014-yilning 28, 29 va 30-noyabr kunlari Next savdo-ko’ngilochar markazida joylashgan Ucell kompaniyasining stendi oldida 4G ning ajoyib tezligini sinab ko’rish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

    4G texnologiyasidan foydalanilganda mobil internet teziligi 150 Mb/soniyani tashkil etishi qayd etilgan. 4G texnologiyasi Ucell’ning 4G Modemi (Huawei E3272), Ucellning 4G Wi-Fi Routeri (Huawei E5172), 4G Band 7 (2600 Mgs chastotasida) diapazonida amal qiluvchi mobil qurilma (smartfon, planshet va boshqalar)da amal qilishi aytilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda 4G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi mobil qurilmalar iPhone 6, iPhone 6 Plus, Huawei, HTC, ZTE kabilar ekanligi ma’lum qilingan.

    4G’ga ulanish uchun Ucell ofislaridan biriga pasport va mobil qurilma – telefon, modem, router yoki planshet bilan murojaat qilish lozimligi aytilgan. Keltirilgan manzilda 4G tarmog‘i ishlashi va qurilma to‘rtinchi avlod texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qilingach, amaldagi tarif va raqamni saqlab qolgan holda, mavjud raqamga (agar USIM-karta 4G ni qo‘llab-quvvatlasa) bepul 4G xizmati ulab beriladi. 4G tarmog‘idan foydalanish vaqtida ovozli qo‘ng‘iroqlar va USSD so‘rovlarni ishlatib bo‘lmasligi ma’lum qilingan.

    “Bugungi kunda 4G Internet faqat Toshkent shahrida amal qiladi. Ucell yangi hududlarni o‘zlashtirish jarayonida bo‘lib, tez orada ushbu tarmoq O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham amal qila boshlaydi”, − deyiladi Ucell rasmiy saytining 4G tarmog‘i haqida batafsil ma’lumot berilgan sahifasida.

    Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 1-dekabrdan O‘zbekistonda UMS mobil aloqa operatori ish boshlashi kutilmoqda. Shuningdek, 27-noyabr kuni Beeline sentabr oyida boshlangan 3G-moslamalari xaridorlariga yarim yil mobaynida bonusli internet berish aksiyasini 2014-yilning so‘ngiga qadar davom etishini e’lon qildi

    Просмотров: 1828 | Добавил: Dilshod | Рейтинг: 10.0/4
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]