GSM Nokia Remont sotvix
Пятница, 24.11.2017, 06:31
Bosh menyu.

Saytga kirish.

Qidiruv.

Taqvim.
«  Апрель 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Главная » 2014 » Апрель » 2 » Sayt orqali pul topish usullari
    19:59
    Sayt orqali pul topish usullari

    Sayt orqali pul topish usullari

    Sayt – bu Sizning tasavvuringiz kengligiga qarab pul keltiradigan daromad vositasidir. Agar online biznes uchun yetarli darajada fikrlash qobiliyatiga ega bo’lsangiz, Sizning saytingiz hayotingizdagi eng muhim daromad manbaingizga ham aylanishib mumkin. Har kuni faqat bir necha soat uyingizda, kompyuteringiz qarshisida, o’zingizga qulay bo’lgan vaqtda ishlashni va boshqa vaqtni oilangiz davrasida, o’z yoqtirgan mashg’ulotlaringiz bilan o’tkazishni xohlarmidingiz?

    Internet orqali pul topishni yagona daromad manbaiga aylantirish mumkinligi haqida hamma har hil fikr bildiradi. Kimlar uchundir bu shunchaki hom hayol. Ba’zilar bunday biznesni hayolparastlikka ham yo’yishi mumkin. 2006-yilda men bilan ham huddi shunday voqea yuz bergan – mening internet orqali ishochlik biznes yaratish mumkin, degan orzuimni hech kim qo’llab-quvvatlamagan. Aksincha, mening bu sohadagi orzu-umidlarim va harakatlarimdan meni qaytarishga urinishga. Ammo har qanday holatda ham “Hali O’zbekistonda internet orqali daromad olish rivojlanib ketadi. O’zbekistonliklar ham huddi rivojlangan xorij davlatlaridagidek uylaridan chiqmagan holda katta pul topadigan bo’lishadi”, degan ishonchimni yo’qotmaganman. Mana, bugungi kunga kelib men kutgan online imkoniyatlarning deyarli hammasi mujassam bo’lgan bir paytda internet orqali arzirli daromadga ega bo’lishim mumkinligiga nafaqat o’zimda, balki atrofimdagilarda ham mustahkam ishonch shakllandi. Bu bilan demoqchi bo’lganim, agar Sizda internet orqali, saytingiz orqali pul topish haqida tasavvur bo’lsa, ishonch bo’lsa, hech qachon kimlarningdir fikringizga qarshi chiqib, o’z maqsadlaringizdan Sizni chalg’itishlariga yo’l qo’ymang. Internet orqali daromad olishning iloji bor va Siz ularga buni isbotlay olasiz!

    Quyida o’z tajribam va izlanishlarim natijasida shakllangan sayt orqali daromad olish usullari bilan tanishishingiz mumkin. Men ishonamanki, quyidagi usullar yordamida saytingiz orqali pul topishingiz mumkin:

    1. SAYTINGIZGA REKLAMALAR JOYLASHTIRING. Agar saytingiz ommabop bo’lsa va saytingizga bir kunda mingdan ortiq foydalanuvchilar tashrif buyursa, saytingizga reklamalar joylashtirish orqali yaxshigina pul ishlab olishingiz mumkin! Mustaqil ravishda saytingizning turli ko’zga ko’rinadigan joylarida “Sizning reklamangiz uchun joy” degan e’lonlarni berish orqali saytingizda o’z xizmat yoki mahsulotlarini, saytlarini reklama qilishni xohlovchilar e’tiborini jalb qilishingiz mumkin. Bundan tashqari Google AdSense, Begun, Chitika va boshqa ko’plab kontekst reklama bloklari va bannerlarni taklif etuvchi dasturlarga a’zo bo’lish orqali saytingizga reklamalarni joylashtirganingiz uchun to’lov olishingiz mumkin.

    2. MAHSULOTLAR SOTING. To’g'ri, internet orqali savdo hozircha bizning davlatimizda to’liq rivojlanmagan, lekin hali shunday kunlar keladiki, uyidan chiqmay turib internet orqali mahsulotlar sotib oluvchilar soni juda ko’payib ketadi. Saytingiz orqali nimadir sotishga urinib ko’ring. To’lovni saytingiz orqali qabul qilasiz, mahsulotni esa pochta orqali haridorga yuborasiz!

    3. PULLI A’ZOLIK SAYTI YARATING. Saytingiz juda qiziqarli mavzuga bag’ishlangan, Sizning yozayotgan ma’lumotlaringiz hammaga kerak, Siz saytingiz orqali berib borayotgan qimmatli axborotlaringizni olish uchun foydalanuvchilaringiz har qanday to’lovga tayyor – nega endi saytingizning bunday ajoyib maqomida foydalanmasligingiz kerak ekan? Maqolalaringizning faqat boshlanish qismini bepul foydalanuvchilar uchun ochib qo’ying. Asosiy ma’lumot saqlangan qismi esa faqat saytga pul to’lab a’zo bo’lgan kishilar uchungina ko’rsatiladi. Misol uchun, kimdir saytingizdan bir oy davomida foydalanish uchun pul to’laydi, Siz unga bir oylik login/parol berasiz va bu foydalanuvchi bir oy davomida Sizning qimmatli ma’lumotlaringizni hech qanday cheklovlarsiz o’qish imkoniga ega bo’ladi!

    4. QOBILIYATINGIZ YORDAMIDA PUL ISHLANG. Sizning boshqalardan ajralib turadigan qobiliyatingiz bormi? Balki qo’shiq aytarsiz, chiroyli rasm chiza olarsiz yoki qaysidir cholg’u asbobini maqomiga yetkazib chala olarsiz? Ishoning, agar qobiliyatingiz internet ahli tahsiniga loyiq bo’lsa, foydalanuvchilar Sizning ijodingiz mahsulini sotib olishadi. Biror qo’shig’ingiz, chizilgan rasmingiz yoki bastalagan musiqangiz kim uchundir qimmatli bo’lishi mumkin. Ular Sizdagi kichik asarga nisbatan mualliflik huquqini o’zlashtirish uchun mahsulotingizni sotib olishadi.

    5. AHMOQONA, AMMO QIZIQARLI G’OYA KATTA PUL KELTIRISHI MUMKIN. O’tgan yili YouTube saytida gapirib hammani asabiga tegadigan apelsin haqida video roliklar chiqa boshlagan edi. Yoqimsiz ovozli apelsin “Hey, apple!” deb olmaning jahlini chiqaraverardi, esladingizmi? :) Xoh ishoning, xoh ishonmang – o’sha apelsin roliklari egasi bu g’oyasi uchun juda katta mablag’ga ega bo’ldi! Bugungi kunda bu aplesinchani hatto kinofilmlarda ham (“The Starving Games” filmida) ko’rsatishayapti.

    YouTubeda mashxur bo’lgan yana bitta internet shou – “+100500″ ham muallifiga katta mashxurlik va pul keltirdi. Boshlanishida havaskorona rolik sifatida suratga olingan bu dastur ko’p o’tmay Rossiya milliy televideniyalari orqali ham ko’rsatiladigan bo’ldi. Namoyishlar esa, albatta, ko’rsatuv va g’oya muallifiga katta pul keltiradi. Sizda ham shunday g’oyalar bormi?

    6. AQLLIMISIZ? TALABALAR IMTIHONIGA YORDAMLASHING! Qaysidir fan, masalan, matematika fani bo’yicha yaxshi bilimga egasiz, deb tahmin qilaylik. Bilimingizga tayanib saytingiz orqali pul ishlashni boshlang! To’lov asosida litsey, kollej va oliy o’quv yurtlari talabalarining kurs ishlari, diplom ishlari, oraliq nazorat ishlari va boshqa turdagi imtihonlariga tayyorlanishlarida yordam berishingiz mumkin. Uyga vazifa va imtihonga yordam beruvchi sayt ochsangiz ikkichi talabalar har qanday to’lov asosida Sizning doimiy mijozingizga aylanishadi! :D

    7. QIZIQISHINGIZNI INTERNET ORQALI KELADIGAN PULGA AYLANTIRING. O’zimga nisbatan aytadigan bo’lsam, men psixologiyaga qiziqaman. O’z mutaxassisligimdan tashqari shaxsiy rivojlanish sohasiga juda katta qiziqishim bor. Shu sababli saytimning ikkinchi asosiy yo’nalishi – shaxsiy rivojlanish. Bu yo’nalishda bilganlarimni butun dunyo bilan baham ko’raman. Bu narsa menga ma’naviy ozuqa berishi bilan bir qatorda (o’ylaymanki) saytim foydalanuvchilari uchun ham juda foydali. Men bu qiziqishim haqida saytimda yozayotganlarim evaziga hech kimdan pul talab qilmayman. Ammo Sizda ham shunga o’xshash qandaydir qiziqish bo’lsa, u haqida sayt ochishingiz va saytingiz mashxurlikka erishgacha turli yo’llar bilan (reklama, a’zolik, reteyling va h.k.) sayt orqali pul topishni boshlashingiz mumkin.

    Masalan, Siz futbolga qiziqasiz. Futbolning dunyodagi eng ashaddiy ishqibozisiz. Siz uchun futbol sharxlarini yozish, o’yinlarni kuzatib borish, mashxur futbolchilarning tarjimayi hollariga oid ma’lumotlarni yig’ish katta zavq bag’ishlashi mumkin. Agar Sizda qaysidir yo’nalishga oid katta qiziqish bo’lsa, Siz bu yo’nalishda har qancha ish qilsangiz ham qiynalmaysiz. Demak, o’z qiziqishingiz Sizga rohat bag’ishlaydi, saytingiz – Sizning sevimli mashg’ulotingizga aylanadi. Kelajakda esa, saytingiz mashxurlikka erishgach, turli to’lovli o’yinlar tashkil qilish, online ishqibozlar klubi ochish orqali pulli futbol a’zoligini tashkil etish va shu yo’sinda saytingiz orqali pul ishlashingiz mumkin.

    8. KICHIK, AMMO KERAKLI XIZMATLAR TAKLIF ETING. Masalan, YouTube saytidan videolarni mp3 shaklida yuklab olish sayti, rasmlar hostingiz, uzun URL manzillarni qisqartirish xizmati, Odnoklassniki uchun super statuslar yig’indisi, parollar ombori, kulguli rasmlar yaratish va boshqa shunga o’xshash kichik, arzimas, ammo internetdan foydalanuvchi ko’pchilikka kerak bo’ladigan xizmatlar taklif qilish orqali saytingizdan pul ishlashingiz mumkin.

    Umuman olganda yuqoridagi usullar sayt orqali pul topishingiz mumkin bo’lgan g’oyalarning faqat bir nechtalari, xolos. Aslini olganda esa, sayt orqali pul topish chegarasi faqat osmon bo’lishi mumkin! Aqlingizni ishlating, fikrlang, kuzating, yaratuvchan bo’ling! Shun albatta saytingiz orqali o’zingiz orzu qilgan milliardlarni qachonlardir ishlab topasiz. Men bunga ishonaman. Men Sizga ishonaman.

    Просмотров: 1751 | Добавил: Dilshod | Рейтинг: 9.9/112
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]