GSM Nokia Remont sotvix
Пятница, 29.03.2024, 10:45
Bosh menyu.

Saytga kirish.

Qidiruv.

Taqvim.
«  Апрель 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Главная » 2014 » Апрель » 1 » Qidiruv mashinalari va sayt ma’lumotlari qiymati
    18:14
    Qidiruv mashinalari va sayt ma’lumotlari qiymati

    Qidiruv mashinalari va sayt ma’lumotlari qiymati

     

    Google bugungi kundagi eng mashxur, eng katta va eng to’g'ri natijalarni topib berishga qodir bo’lgan birinchi raqamli qidiruv mashinasi hisoblanadi. Har kuni milliardlab foydalanuvchilar butun dunyo bo’ylab Google orqali o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni qidirishadi. Google foydalanuvchilarining ko’pligi sababli hozirgi vaqtda internetdagi barcha saytlar Google natijalari ro’yxatining eng yuqori qismiga o’z saytlarini olib chiqishga harakat qilishadi. Xo’sh, qidiruv mashinasi o’zi nima va u qanday asosda ishlaydi?

    Qidiruv mashinasi – bu robotlari yordamida internetning barcha saytlari ma’lumotlarini (matn, rasm, audio, video va h.k.) indeks qilish orqali yig’ib, foydalanuvchi qidirgan vaqtda o’z ma’lumotlari zahirasidan qidiruvchiga kerakli bo’lgan ma’lumotni topib berishga yo’naltirilgan sayt hisobnaladi. Ish mazmuni juda sodda. Uni Google misolida olib qarasak: Google saytlar ma’lumotlarini o’z zahirasida “eslab qoladi” (indek qiladi), qidiruvchi Google orqali qaysidir ma’lumotni qidirganida Google zahirasidagi ma’lumotlarni natijalar ro’yxati sifatida ko’rsatadi va kerakli saytga foydalanuvchini yo’naltirib yuboradi. Misol uchun Siz Google saytida “zamonaviy liboslar” degan iborani qidirsangiz, Google o’z indeks zahirasidagi barcha saytlarda uchragan “zamonaviy liboslar” iborasiga oid maqolalar va ma’lumotlarni yig’ib chiqadi. Algoritmik hisoblashlar asosida Siz uchun eng kerakli bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar Google qidiruv natijalari ro’yxatlarining eng yuqori qismlarida joylashtirib chiqiladi.

    Saytning Google qidiruv natijalari ro’yxatining yuqoriroq qismida joylashishi nima uchun kerak? Misol uchun Azamat.uz saytining Google natijalaridagi o’rnini olib qaraylik. Mening saytim asosan ingliz tili grammatikasini o’rgatishga yo’naltirilgan. Sayt egasi sifatida men Google foydalanuvchilari qidiruvga “ingliz tili” yoki “ingliz tili grammatikasi” deb yozib qidirganda mening saytim 1000000 ta natijali ro’yxatning eng yuqori 1 yoki 2-o’rinlarida ko’rsatilishini xohlayman. Chunki, bilasiz, Google qidiruv natijalarining birinchi sahifasida faqat 15-20 ta natija ko’rsatiladi. Agar foydalanuvchi “ingliz tili” deb qidirganda mening saytim shu 15-20 ta natija ichida bo’lmasa, hech kim natijalarning keyingi sahifalarini varaqlab mening saytimni qidirib o’tirmaydi. Foydalanuvchilar shunchaki topilgan eng yuqorida turgan natijalarda ko’rsatilgan saytlarga tashrif buyurishadi. Bu esa sayt o’z foydalanuvchilarini yo’qotayotganligidan dalolat beradi. Mana shuning uchun ham saytning o’z yo’nalishi qidiruv iboralari bo’yicha natijalar ro’yxatining eng yuqori qismida ko’rsatilishlari juda muhimdir.

    Har qanday qidiruv mashinasi, shu jumladan Google ham sayt ma’lumotlarining qiymatiga ko’ra saytlarni o’z natijalari ro’yxatida joylashtiradi. Misol uchun foydalanuvchi “qanday qilib internetda pul topish” deb qidirsa, internet orqali pul topishni eng yaxshi usulda, tushunarli va ma’lumotlarga boy maqola asosida o’rgatgan saytlar qidiruv natijalarining eng yuqori qismidan joy oladi. Internetda pul topish haqida yetarlicha ma’lumotlarni o’z ichiga olmagan, shunchaki biror bir maqolasida “internetda pul topish” degan iborani ishlatib yuborgan saytlar esa natijalar ro’yxatining eng so’nggi o’rnida joylashtiriladi. Saytingiz qidiruv mashinalari natijalarining eng yuqori qismida ko’rsatilishini xohlasangiz, saytingiz ma’lumotlari qiymatini oshirishingiz kerak bo’ladi.

    Sayt ma’lumotlari qiymatini oshirish SEO (Search Engine Optimisation – Qidiruv Mashinasiga Moslash) sohasiga tegishli mavzu hisoblanadi. Saytingiz SEO jihatdan qanchalik yaxshi joylashtirilgan bo’lsa, Sizning natijalaringiz qidiruv mashinalarida shunchalik ko’p ko’rsatiladi. Natijada foydalanuvchilaringiz ko’payadi va saytingiz orqali amalga oshirayotgan biznesingiz gullab-yashnaydi! Shuning uchun ham qidiruv mashinalari e’tiborini qozonish uchun saytingiz ma’lumotlari qiymatini doimiy oshirib borishingiz muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

    Просмотров: 22962 | Добавил: Dilshod | Рейтинг: 4.3/1
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]