GSM Nokia Remont sotvix
Среда, 24.04.2024, 01:15
Bosh menyu.

Saytga kirish.

Qidiruv.

Taqvim.
«  Апрель 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Архив записей

Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Главная » 2012 » Апрель » 30 » Milliy UZ domeni internet-festivali boshlandi
    19:50
    Milliy UZ domeni internet-festivali boshlandi

    Mamlakatimizda Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan UZ milliy domeni internet-festivali boshlandi. Tadbir "O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, "Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, "UZINFOCOM” kompyuter hamda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan tashkil etildi. "InfoCOM.UZ” jurnali festivalning muvofiqlashtiruvchisi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi rasmiy ko‘makchisi hisoblanadi.

    Shu munosabat bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari X.Mirzohidov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida mamlakatimizda axborot sohasi, jumladan, barcha joylarda internet tarmog‘ini joriy etish va undan aholi qatlamlarining foydalanishini kengaytirish borasida tub islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Ayni paytda internetdan foydalanuvchilar soni 7,7 million kishi bo‘lib, ularning 4,27 million nafari ushbu global tarmoqdan mobil aloqa orqali foydalanmoqda.

    Mamlakatimizda internet-festivallar 2001-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbekiston domeni resurslarini rivojlantirish maqsadida 2007-yildan boshlab UZ milliy domeni internet-festivallarini o‘tkazish an’anaviy tus oldi.

    Ikkinchi darajali UZ milliy domeni 1995-yil 29-aprelda yaratilgan. 2011-yilning 10-avgust holatiga ko‘ra, UZ zonasida ikkinchi darajali faol domenlar soni 12 500 dan oshdi. Shuningdek, UZ domeniga tegishli bir necha ming dona uchinchi darajali domenlar ham mavjud.

    Bu yilgi festival 10-avgustdan 26-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Tadbir tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, festivalning asosiy vazifasi o‘tgan yillardagi kabi, keng aholi qatlamlari orasida internet tarmog‘ini ommalashtirish, milliy kontentni rivojlantirish va global tarmoqda o‘zbek tilini qo‘llashni kengaytirishga ko‘maklashishdan iborat.

    Tanlovda festival o‘tkazib kelinayotganidan buyon faoliyat yuritayotgan va UZ domenida ro‘yxatdan o‘tgan saytlar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar hay’at a’zolari, sayt egasi va har bir istagan kishi tomonidan festivalning rasmiy www.if.uz saytida taqdim etilgan ro‘yxatga olish shakli bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin. Ishtirok etish uchun ariza berish muddati – 2011-yilning 10-avgustidan 10-sentabrigacha.

    Saytlarni baholash uchun internet-texnologiyalar, san’at, madaniyat, davlat boshqaruvi va boshqa sohalarning nufuzli mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati tashkil etiladi. Festivalning tanlov dasturi 13 ta mavzuga oid va ikkita maxsus nominatsiyani o‘z ichiga oladi. Joriy yilda 13 ta mavzuga oid nominatsiyalar ishtirokchilari uchun www.uz milliy qidiruv tizimining maxsus mukofotlari kiritilgan. Har bir mavzuga oid nominatsiya ishtirokchilari orasida ma’lum vaqt ichida eng ko‘p xost to‘plagan 13 sayt tanlov g‘olibi bo‘ladi. Yangi "Eng yaxshi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sayti” nominatsiyasining joriy etilgani bu yilgi festival tanlov dasturining o‘ziga xos jihatidir.

    Har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari aniqlanadi, g‘oliblarga festivalning diplom va mukofotlari topshiriladi. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 26-sentabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida o‘tkaziladi.

    Manba: O‘zA

    Просмотров: 1870 | Добавил: Dilshod | Рейтинг: 0.0/0
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]